O‘zbekistonning O‘mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov, O‘mondagi nufuzli tadbirkor ayollardan biri, "Funun Hospitality and Project Management LLC" kompaniyasi rahbari hurmatli Siham al-Harsiya xonim bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va O‘mon tadbirkor ayollari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro tajriba va bilim almashish, qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi. Xususan, ayol tadbirkorlarning o‘zaro delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish, investitsiyaviy loyihalarni joyida o‘rganish hamda istiqbolli sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.