2025-yil 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Hatorining diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan qabul qildi.
Uchrashuv davomida, O‘zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik aloqalari mustahkamlanib, savdo, investitsiya, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda amaliy hamkorlik kengayib borayotgani qayd etildi.
TIV rahbari elchining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.