O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Falastin Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Javad Muhammad Avad bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Falastin o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Vazir elchining ikki davlat munosabatlarini mustahkamlash va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholab, unga samimiy minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq, “ikki xalq uchun – ikki davlat” tamoyilini amalga oshirish tarafdori ekanini qat’iy tasdiqlaydi, deya ta’kidladi TIV rahbari.
Vazir elchiga kelgusidagi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.