Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bernda Shveysariya Federal Kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Ignatsio Kassis bilan uchrashdi.



O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bernda Shveysariya Federal Kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Ignatsio Kassis bilan uchrashdi.

"O'zbekiston delegatsiyasi nomidan Shveysariya Federal Kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Ignatsio Kassis janoblariga Bern shahrida ko'rsatilgan iliq mehmondo'stlik uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bugungi uchrashuvimiz davomida O'zbekiston- Shveysariya ikki va ko'p tomonlama hamkorligimizni yana-da chuqurlashtirish yo'llarini atroflicha muhokama qildik. Suhbat chog'ida innovatsiyalar, bilim va tajriba almashinuvi, savdo, kadrlar salohiyatini oshirish hamda boshqa yo'nalishlar e'tiborimiz markazida bo'ldi.

Mintaqaviy va xalqaro platformalarda yaqin hamkorlikni davom ettirish, ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamikani yana-da mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy global chaqiriqlarga qarshi birgalikda harakat qilish borasida kelishuvga erishdik".



  ...