Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Taniqli yozuvchi va siyosatshunos Ali bin Masud al-Mashoniy (O'mon) "Dunyo" uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga buyurgan tashrifi yakunlari va O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolanishining ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi.



Taniqli yozuvchi va siyosatshunos Ali bin Masud al-Mashoniy (O'mon) "Dunyo" uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga buyurgan tashrifi yakunlari va O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolanishining ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yevropa Ittifoqi shtab-kvartirasi joylashgan Belgiya poytaxti Bryusselga tashrifi har ikki tomon uchun muhim qadamdir.

Bir tomondan, O'zbekiston Markaziy Osiyoning durdonasi sifatidagi tarixiy ahamiyati va geografik joylashuvi bilan mutanosib ravishda xalqaro mavqeini mustahkamlashga intilmoqda. Boshqa tomondan, Yevropa Ittifoqi ushbu muhim mintaqada ishonchli va nufuzli siyosiy va iqtisodiy sherik qidirmoqda.

Shubhasiz, Yevropa Ittifoqi global miqyosda muhim rol o'ynaydigan yirik iqtisodiy birlashma sifatida nominal yoki passiv hamkorlarga qiziqmaydi. U sheriklik munosabatlarini chinakam kengaytirish va hamkorlikni mustahkamlashga intiladi.

Bugun Yevropa O'zbekistonga istiqboli va ambitsiyalari katta, kelajakka ishonch bilan borayotgan davlat sifatida qaraydi. Shu bilan birga, u o'zining siyosiy qadriyatlarini o'z xalqining tinch-totuv yashash va dunyoga ochiqlikka asoslangan boy tarixiy merosi va madaniy an'analaridan oladi. Bu jihatlar O'zbekistonni mintaqaviy o'zgarishlarning "lokomotivi"ga, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish modeliga aylantiradi.

Yevropa Ittifoqi kabi qudratli xalqaro institut ishonchini qozonish har qanday davlat uchun muhim yutuq. Bu muvaffaqiyat O'zbekistonning jahon miqyosidagi va boshqa iqtisodiy birlashmalar bilan munosabatlaridagi o'rnini mustahkamlaydi. Bu, shubhasiz, mamlakatning xalqaro roliga va xususan, o'tmish, bugun va kelajakning markazi va durdonasi bo'lgan Toshkent va hududlar taraqqiyot sur'atlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.



  ...