
27-oktabr kuni AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida, O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari ikki tomonlama munosabatlardagi mislsiz sur’atni — savdo va investitsiyalardan tortib ta’lim hamda innovatsiyalargacha bo‘lgan barcha sohalardagi yuksalishlar — alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh Prezidentlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan muloqotlar kun tartibidagi istiqbolli masalalar batafsil muhokama qilindi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi Kengaytirilgan strategik sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida barcha mavjud resurslarni safarbar etishga kelishib olindi.