
Жорий йилининг 25-26 октябрь кунлари Ўмонда аёл регбичилар ўртасида "Asia Rugby Emirates Women's Sevens Trophy 2025" турнири бўлиб ўтди.
Unda Osiyo qit'asidan 15 ta jamoa, shu jumladan O'zbekiston ayollar terma jamoasi ishtirok etdi. Mamlakatimiz regbichilari "A" guruhida kurash olib bordi. Dastlab Livan terma jamoasi ustidan 39-0 hisobida g'alabaga erishgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi ikkinchi turda Eron terma jamoasidan 5-12 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
26 oktyabrda bo'lib o'tgan o'yinlarda hamyurtlarimiz Iordaniya terma jamoasini yirik 46-0 hisobida, ikkinchi o'yinda esa, Janubiy Koreya terma jamoasini 38-0 hisobida yengib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Hal qiluvchi bahsda jamoamizga azaliy raqib – Eron ayollar terma jamoasi ro'baro' keldi.
Final o'yinida qizlarimiz birinchi to'qnashuvda uchralgan mag'lubiyatdan o'zlariga to'g'ri xulosa chiqargan holda, katta ishtiyoq bilan maydonga tushdilar. Yakunda, O'zbekiston regbichi qizlari Eron terma jamoasini 17-7 hisobida mag'lub etib, tarixda birinchi marta ushbu turnir g'olibiga aylandi.