Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'monning ommabop "Asdaa Oman" gazetasida "Qatar va O'zbekiston - munosabatlarning yangi bosqichi: konstruktiv siyosiy muloqotdan o'zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik sari" sarlavhali maqola e'lon qilindi.



O'monning ommabop "Asdaa Oman" gazetasida "Qatar va O'zbekiston - munosabatlarning yangi bosqichi: konstruktiv siyosiy muloqotdan o'zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik sari" sarlavhali maqola e'lon qilindi.

Unda so'nggi yillarda Qatar amirligi O'zbekistonning Yaqin Sharqdagi ishonchli hamkorlaridan biriga aylangani va munosabatlardagi bu dinamika muntazam siyosiy muloqotning yo'lga qo'yilishida yaqqol namoyon bo'layotgani haqida so'z boradi.

"Yangi O'zbekiston – 2030" va "Qatar Vision – 2030" milliy rivojlanish dasturlarining mohiyati bir-biriga mos keladigan taraqqiyot va xalqparvar rejalarga asoslangan. Har ikki mamlakat rahbariyati tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasini diversifikatsiya qilish va yangi texnologiyalar transferini ta'minlash orqali iqtisodiyotning yangi modeliga o'tish kabi o'xshash intilishlarga ega. Asosiy maqsad aholi farovonligini oshirish, davlat va jamiyat hayotini tubdan isloh qilish. Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston va Qatar bir-biriga tayanch bo'la oladi",- deb yozilgan maqolada.

Shuningdek, nashrda qayd etilishicha, Qatar yuqori investitsiya imkoniyatlariga ega bo'lgan davlatlar qatoriga kiradi. Hozirda O'zbekiston infratuzilmani rivojlantirish, energetika, qishloq xo'jaligi va ishlab chiqarish sohalariga Qatarning investitsiyalarini jalb qilish bo'yicha jadal muzokaralar olib bormoqda.

"Jumladan, "Qatar Pharma" bilan hamkorlikda farmatsevtika sohasida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, elektrobus ishlab chiqarish zavodini qurish, "Petro White" va "Qatar Mining" bilan mineral qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish, shuningdek, "Ariane Real Estate" va "Al Mana Group" ishtirokida innovatsion shahar infratuzilmasini rivojlantirish kabi yo'nalishlar muhokama markazida turibdi",- deya qayd etilgan materialda.



  ...