
6-noyabr kuni Vashington shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio hamda bir qator rasmiylar “Markaziy Osiyo + AQSh” (C5+1) muloqot platformasining tashkil etilganiga 10 yil to‘lishini nishonladilar. Mazkur tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi.
Tadbir davomida tomonlar Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik va doimiy taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston mintaqada tinchlik, farovonlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni mustahkamlashga sodiqligini tasdiqladi.