
O'zbekiston va O'mon tashqi ishlar vazirliklarining shartnoma-huquqiy boshqarmalari mas'ul xodimlari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama shartnoma-huquqiy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, shartnomaviy bazani takomillashtirish masalalari bo'yicha fikr almashdilar va keyingi hamkorlik istiqbollarini ko'rib chiqdilar.
Muloqot yakunida tegishli idoralar o'rtasida amaliy aloqalarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.