Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Ar-Riyod shahrida (Saudiya Arabistoni) o‘tkazilayotgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 26-sessiyasi doirasida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev O‘mon Sultonligi meros va turizm vaziri Salim Al-Mahruqiy bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat turizm idoralari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni tayyorlash va imzolash masalasini muhokama qildilar hamda sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Madaniy, tarixiy va ekoturizmni rivojlantirish, sayyohlik obyektlarini boshqarish sohasida tajriba almashish, shuningdek O‘zbekiston va O‘monning sayyohlik salohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan o‘zaro reklama tadbirlari va xalqaro ko‘rgazma hamda forumlarda ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

  ...