
2025-yil 12-noyabr kuni O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligida nihoyatda hurmatga sazovor olim, muallim va ma’naviyat arbobi bo‘lgan Shayx Hamud al-Savofiy hazratlari bilan uchrashdi. Elchi ushbu uchrashuv uning uchun katta sharaf va baxt ekanini ta’kidladi.
Suhbat davomida Islom insonlar orasida zamon va makondan ustun bog‘lovchi kuch ekanini yana bir bor eslatdi. Ta’kidlanganidek, zamonaviy O‘zbekiston hududiga Islom dini arablar tomonidan kirib kelgan bo‘lib, o‘sha davrdan buyon yurtimiz dunyo ilm-fani va ma’rifatiga ulkan hissa qo‘shgan, millionlab insonlarga nur va ilhom baxsh etgan buyuk musulmon ulamolarni yetishtirib kelmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar umumiy e’tiqod va qadriyatlar hanuzgacha birlashtiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilayotgani, ilm, ma’naviyat va birdamlikning chegara bilmasligini alohida ta’kidladilar.