
Joriy yilning 16-noyabr kuni O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston–O‘mon parlamentlararo hamkorlik guruhi rahbari janob Ya’qub al-Harisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqot samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.