Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'monning nufuzli "Ru'ya" gazetasi muharriri, Rossiyaning "Russia today" telekanalining O'mondagi muxbiri Ibrohim bin Salim bin Sayf Al-Hadi "Dunyo" AA uchun intervyusida Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvlari haqida fikr bildirdi:



O'monning nufuzli "Ru'ya" gazetasi muharriri, Rossiyaning "Russia today" telekanalining O'mondagi muxbiri Ibrohim bin Salim bin Sayf Al-Hadi "Dunyo" AA uchun intervyusida Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvlari haqida fikr bildirdi:

Markaziy Osiyo mintaqasi o'zaro hamkorlik yo'lida sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Bunda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mintaqada barqarorlikni mustahkamlash va ko'p yillik nizolarni hal etish yo'lidagi tashabbuslari muhim ahamiyatga ega.

O'zbekiston yaqin qo'shnilari bo'lgan Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston bilan chegara va suv masalalariga doir ko'p yillik nizoladan kelishmovchiliklardan so'ng tinchlik va yaxshi qo'shnichilik to'g'risidagi kelishuvlarni imzolashga muvaffaq bo'ldi. Bu kelishuvlar oddiy yarashuv emas, balki qo'shma tabiiy resurslardan foydalanish bo'yicha ko'p tomonlama bitimlar imzolanganini anglatadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mintaqada infratuzilma va energetika sohalarida ham tarixiy yutuqlarga erishildi. Bunga O'zbekistonga bir necha bor qilgan tashriflarim davomida guvoh bo'ldim. Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarni yagona tizimga bog'lovchi ilk elektr tarmog'i ishga tushirildi, bu esa energiyani arzon narxlarda yetkazib berishga imkon yaratdi.

Shuningdek, transchegaraviy daryolar suvidan birgalikda foydalanish maqsadida ilk qo'shma suv tozalash inshooti ishga tushirildi. Bu mintaqa tarixida suvdan barqaror foydalanish va kelajakdagi mojarolarni kamaytirishga qaratilgan noyob qadam bo'ldi. Markaziy Osiyo barcha davlatlarni yagona quriqliq transporti va temir yo'l tarmoqlari bilan bog'lovchi savdo-logistika loyihasiga ega bo'ldi. Bu esa umumiy ichki bozorni yaratib, yuklar va fuqarolarning erkin harakatlanishini sezilarli darajada kuchaytiradi.

Prezident Mirziyoyevning sa'y-harakatlari tufayli Markaziy Osiyoning xalqaro maydondagi mavqei yanada mustahkamlanmoqda. "Markaziy Osiyo plyus" formati joriy etilib, mintaqani Xitoy, Rossiya, Yevropa Ittifoqi, AQSH kabi yirik davlatlar bilan bog'lamoqda.

Umid qilamizki, bu formatga arab davlatlari, jumladan, O'mon Sultonligi ham qo'shiladi. Chunki ikki do'st xalqni bog'lab turgan umumiy tarixiy ildizlar mavjud.



  ...