
Joriy yilning 18-noyabr kuni O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi Hujjat va arxivlarni saqlash milliy agentligi rahbari Hamad bin Muhammad al-Davyaniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasida mamlakatlarimizda saqlanayotgan qo‘lyozmalarni birgalikda o‘rganish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.