
25-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nasredin Ismatullodan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Tojikiston asrlar davomida shakllangan mushtarak tarix, ittifoqchilik rishtalari va birodarlik ruhidagi munosabatlar bilan bog‘langanligi hamda ular o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga sodiqligini tasdiqladilar. Muloqot davomida mavjud ulkan salohiyatni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun birgalikda sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligi qayd etildi.
TIV rahbari elchining diplomatik tajribasini yuksak baholab, uning mamlakatimizdagi muhim va mas’uliyatli vazifasini bajarishda muvaffaqiyat tiladi.