
Joriy yilning 24-noyabr kuni O‘zbekistonning O'mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O'mon Sultonligining sog‘liqni saqlash vaziri, janob Hilal bin Ali Al-Sabti bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va O'mon o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi amaldagi hamkorlik, shuningdek tibbiy tayyorgarlik, bilim almashinuvi va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga doir hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatni imzolashga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki davlat manfaatlari yo‘lida sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan kelgusi tashabbuslar ham ko‘rib chiqildi.