
26-noyabr O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirining maxsus vakili Li Uk Hon bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik so‘nggi o‘n yilliklarda ko‘plab yo‘nalishlarda izchil rivojlanib kelmoqda. Ta’kidlanganidek, hozirgi vaqtda o‘zaro manfaatli va istiqbolli loyihalar asosida hamkorlik misli ko‘rilmagan jadallik bilan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Uchrashuv davomida yaqin kelajakdagi qo‘shma tadbirlar rejalari muhokama qilindi, shuningdek mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish uchun hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligi qayd etildi.