
Arab nashri madhiyamizning matni va musiqasi mamlakatimizning 1992 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangani, madhiya matni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgani, unga O‘zbekiston xalq artisti Mutal Burxonov musiqa bastalaganini ta’kidlagan.
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni o‘lka fuqarolarini matonat va jasoratga, fidokorlikka chaqiradi, milliy g‘ururni uyg‘otadi, - deyiladi maqolada.
Madhiya bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, yuqori ahamiyatli tadbirlar, turli davlat rahbarlarini kutib olish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga e’tiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda matn bilan ifoda etadi.
Davlat madhiyasi – tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayot, yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonch timsolidir.