
Joriy yilning 10-dekabr sanasida O'zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi elchixonasida O‘mon Sultonligida akkreditatsiyadan o‘tgan turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar – Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston va Vengriya - elchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog’ida joriy yilning noyabrida Samarqandda bo‘lib o‘tgan YuNESKO Bosh Assambleyasining 43-sessiyasida 15-dekabr sanasini Butunjahon turkiy tillar kuni sifatida e’tirof etilganini nishonlash munosabati bilan tashkil etildi. Uchrashuv davomida elchihona ushbu muhim sana munosabati bilan O‘mon Sultonligida qo‘shma madaniy va gumanitar tadbir o‘tkazishni muhokama qildi. Tadbirning maqsadi o‘monlik jamiyatni turk dunyosining boy madaniy merosi bilan tanishtirish hamda turkiy tillarda so‘zlashuvchi mamlakatlar va O‘mon Sultonligi o‘rtasidagi madaniyatlararo almashinuvni mustahkamlashdir.