Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Joriy yilning 9-dekabr kuni O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov AMJ yuridik firmasining vakillari — Operatsion faoliyat bo‘yicha direktor Patrik Kollinz va Bosh yurist Endryu Koddington bilan uchrashuv o‘tkazdi.

AMJ kompaniyasi qariyb 40 yillik tajribaga ega bo‘lgan O’monning yetakchi yuridik firmalaridan biridir. Firma korporativ va tijorat huquqi, loyihalar va energetika, qo‘shilish va qo‘shib olishlar, loyiha moliyalashtirish hamda sud ishlariga ixtisoslashgan. AMJ O’monning davlat va xususiy tuzilmalari bilan keng aloqalar tarmog‘iga ega bo‘lib, mamlakatda biznes yuritish uchun ishonchli hamkor sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilgan.
Ushbu yuridik firma bilan O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

  ...