
12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiya Qirolligining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Erik De Mayerdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarga oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida savdo, investitsiyalar va biznes sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, amaliy iqtisodiy aloqalarni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
TIV rahbari elchining mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tiladi.