
Joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligining O‘mon Milliy muzeyi Bosh kotibi, hurmatli Jamol al Musaviy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar joriy yilda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, qo‘shma madaniy tadbirlar, ko‘rgazmalar hamda ma’rifiy loyihalarni tashkil etish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.