
Joriy yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon sultoni devonining Diwan of the Royal Court Protokol rahbari janob Muhammad al-Sarimiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga doir qator masalalarni muhokama qildilar.