
2026 yil iyun oyidan boshlab Oman Air — Oman Sultonligining milliy aviakompaniyasi — Muscat–Tashkent–Muscat yo‘nalishi bo‘yicha muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovning ochilishi savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, turizm va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Mazkur reys ikki mamlakat o‘rtasidagi ishbilarmonlik faolligini oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stona rishtalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu muhim loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi hamkorlik rivojida muhim qadam bo‘lib, ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab beradi.
Shuningdek, loyiha doirasida ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash va samarali hamkorlik uchun O‘mon Sultonligi hukumati, “Oman Air” rahbariyati hamda jarayonda ishtirok etgan barcha tegishli idora va hamkorlarga minnatdorlik izhor etiladi.
Shu tariqa, O‘zbek–O‘mon munosabatlarini rivojlantirishda yangi sahifa ochilmoqda.