
O‘zbekistonning O'mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov Livan Respublikasining O‘mon Sultonligiga tayinlangan yangi elchisi Majdi Ramadonni O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Livan o‘rtasidagi munosabatlarni turli sohalarda izchil rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Majdi Ramadonga O‘mondagi diplomatik faoliyatida ulkan yutuqlar, mas’uliyatli vazifasida muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilandi.