
O‘zbekistonning O'mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O'monning mashhur sayyohi dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan Oʻzbekistonda ham safarda bo‘lgan, qadimiy Nizva shahrining hurmatli va e’tiborli vakillaridan biri — sayohatchi Nosir al-Nu’moniy bilan samimiy va mazmunli uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish, sayyohlar almashinuvini kengaytirish hamda ikki tomonlama manfaatli tashabbuslarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.