Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘mon elchilarini qabul qildi.



O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun BAA, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va O‘mon elchilarini qabul qildi.

“Bugun vazirlikda Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Qatar Davlati va O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuvda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdik.

Mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan holatlar yuzasidan xavotir bildirib, keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek barcha nizolarni diplomatik yo‘llar orqali hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etish muhimligini ta’kidladik.

O‘zbekiston bilan Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildik”.



  ...