Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov raisligida 11-mart kuni O‘zbekistonning xorijdagi qator diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.



Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov raisligida 11-mart kuni O‘zbekistonning xorijdagi qator diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tashqi ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘oniston, Yaponiya, Xitoy, Qatar, Ukraina, Shvetsiya, O‘mon va Tojikistondagi elchixonalari, Rostov-Don va Mozori-Sharifdagi bosh konsulxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va gumanitar aloqalarni rivojlantirish, mintaqaning eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalar va tadbirkorlarni jalb qilish, xalqaro moliyaviy va grant dasturlari ko‘magida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Termiz shahri, Bandixon va Muzrabot tumanlarida xorijiy investorlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining borishi atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida xalqaro hamkorlikni faollashtirish, turli sohalarda yangi tashabbus va loyihalarni ilgari surish, shuningdek, mintaqaviy biznesning xorijiy sheriklar bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.



  ...