
O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi Meros va turizm vaziri Sayyid Ibrohim bin Said Al Busaidiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida elchi vazirni ushbu yuksak lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi. Suhbat davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirish va uni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.