
O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon investitsiya agentligining iqtisodiy diversifikatsiya investitsiyalari bo‘yicha menejeri Bushair Al-Riyami hamda Yaqin Sharqda yagona hisoblangan Maskat muhofazasidagi “Silal” markaziy meva-sabzavotlar bozorining biznesni rivojlantirish menejeri Ali Al-Maqbali bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda yetishtirilgan yuqori sifatli meva va sabzavot mahsulotlarini O‘mon bozoriga yetkazib berish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.