
O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon investitsiya agentligining investitsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti janob Mulham al-Jarf bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘mon investitsiya agentligi ishtirokida ta’sis etilgan hamda bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotiga sezilarli hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston–O‘mon qo‘shma investitsiya kompaniyasi faoliyatini yuqori baholadilar.