
O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi politsiyasi va bojxonasi bosh inspektori, general Hasan ash-Shariki janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida mamlakatlar bojxona xizmatlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.