
O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va taqsimlashga ixtisoslashgan yirik markazlardan biri — Al-Jebali Trading L.L.C. kompaniyasi rahbari Muhammad al-Jebali bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistondan O‘mon bozoriga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish istiqbollari hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.