
O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligining Atyab International Services kompaniyasi ijrochi direktori Yusra Al-Ravaxi bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish istiqbollarini batafsil muhokama qildilar. Shuningdek, mazkur kompaniya tashabbusi bilan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb etilib, oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida sertifikatlashga ixtisoslashgan zamonaviy “Agro Food Techno Center” laboratoriyasi tashkil etildi.