
O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligida yigirmadan ortiq savdo do‘konlariga ega bo‘lgan Nesto Hypermarket (www.nestogroup.com) shirkatining O‘mondagi rahbariyati va mas’ul vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistondan O‘monga oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.