Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Qatar Davlatining Doha shahriga tashrif buyurdi.



4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Qatar Davlatining Doha shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida TIV rahbari Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy nomiga yo‘llagan salomlari va ezgu tilaklari yetkazildi.

Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro masalalar, xususan Yaqin Sharqdagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi, uni barqarorlashtirishda muloqot va diplomatiyaning ahamiyati ta’kidlandi hamda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Doha shahrida Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar yana bir bor ta’kidlandi hamda mintaqaviy va xalqaro vaziyat, xususan Yaqin Sharqdagi holat yuzasidan fikr almashilib, barqarorlikni ta’minlashda vazminlik, muloqot va diplomatiyaning ahamiyati qayd etildi.

Bundan tashqari Baxtiyor Saidov “Artan Holding” kompaniyasi asoschisi va raisi Natra Abdulla hamda “Qatar Industrial Manufacturing Company” kompaniyasi prezidenti Abdurahmon bin Abdulla Al-Ansari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida har ikki kompaniyaning sanoat va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi ortib borayotgan o‘rni yuqori baholanib, ular joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etildi.



  ...