
5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziya oliy taʼlim vaziri Zambri Abd Kadir bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Malayziya Qirolichasi Raja Zarit Sofiya boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga amalga oshirayotgan tashrifi Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Siyosiy muloqot, iqtisodiy hamkorlik va taʼlim sohalaridagi aloqalarni amaliy loyihalar bilan boyitishga kelishib olindi.