
O‘zbekistonning O‘mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov Nine Business Company LLC boshqaruv kengashi raisi Anees Issa Al-Zadjali bilan samimiy va mazmunli uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.
Shuningdek, janob Anees Issa Al-Zadjali joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qilindi.