Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekistonning “Murad‘ss” qandolat fabrikasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif bilan O‘monda bo‘ldi.



O‘zbekistonning “Murad‘ss” qandolat fabrikasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif bilan O‘monda bo‘ldi.

Tashrif doirasida tadbirkorlar elchixonada uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston qandolat mahsulotlarini O‘monga, shuningdek, uning hududi orqali Yaman va Sharqiy Afrika mamlakatlari bozorlariga eksport qilish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar mahsulotlarni transport-logistika orqali yetkazib berishning eng samarali mexanizmlarini muhokama qildilar hamda elchixona tomonidan ishonchli xaridorlar va salohiyatli ishbilarmon hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashishga kelishib oldi.

Bundan tashqari, 35 dan ortiq savdo manziliga ega bo‘lgan “Lulu Hypermarket” va 20 dan ziyod do‘konni birlashtirgan “Nesto” yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan alohida muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida “Murad‘ss” brendi ostidagi mahsulot namunalari taqdim etildi va ushbu savdo tarmoqlariga mahsulot yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.



  ...