Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘monning “Asdaa Oman” gazetasida O‘zbekistonning kon-geologiya sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni tatbiq etilishiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.



O‘monning “Asdaa Oman” gazetasida O‘zbekistonning kon-geologiya sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni tatbiq etilishiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.

Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kon-geologiya sohasini raqamli transformatsiya qilish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari ko‘rib chiqilgani haqida ma’lumot berilgan.

Nashrda ta’kidlanishicha, tog‘-kon geologiya sohasi mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Xususan, 2025-yilda uning hissasi O‘zbekistonning umumiy sanoat ishlab chiqarishi hajmining qariyb 20 foizini tashkil etgan bo‘lsa, tarmoqning davlat budjeti daromadlariga qo‘shgan hissasi 118,5 trillion so‘mga yetgan.

Mamlakat rahbariyati sohani modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish hamda investitsiyalarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shuningdek, materialda mamlakatning mineral-xomashyo bazasini kengaytirish rejalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Muallifning yozishicha, kelgusi besh yilda oltin zaxiralarini 879 tonnaga, kumush zaxiralarini 510 tonnaga, mis ishlab chiqarish hajmini esa 676 ming tonnagacha oshirish ko‘zda tutilgan.



  ...