Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

2026-yil 14-16-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan O‘mon Iqlim haftaligiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘mon Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi «Elchilar uchrashuvi»ni tashkil etdi.

Ushbu uchrashuvda O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov ham ishtirok etdi. Tadbirda rejalashtirilgan O‘mon Iqlim haftaligi borasida atroflicha taqdimot o‘tkazildi.

Kelgusi haftalik barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida samarali yechimlarni ishlab chiqishga, shuningdek, iqlim kun tartibi masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Agentlik raisi doktor Abdulla Al Amri janoblariga taklif va tadbirni yuksak saviyada tashkil etganliklari uchun minnatdorlik bildiriladi. U kishining ekologik barqarorlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan harakati chuqur hurmat va yuksak e’tirofga sazovordir.

  ...