
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligining Daxiliya muhofazasi Savdo-sanoat palatasi raisi Sayf bin Nosir al-Tayvaniy janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.