Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘mon Investitsiya agentligi rahbari o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida



O‘mon Investitsiya agentligi rahbari o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Investitsiya agentligi rahbari o‘rinbosari Munir al-Muniriy bilan uchrashdi.

Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari, qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish, «O‘zbek-O‘mon investitsiya» kompaniyasi («UzOman Capital») salohiyatidan samarali foydalangan holda O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sanoat, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm, bank-moliya va boshqa ustuvor sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.



  ...