Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘mon «Alsiyabi International Group LLC» kompaniyasi raisi bilan uchrashuv to‘g‘risida



O‘mon «Alsiyabi International Group LLC» kompaniyasi raisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2026-yil 1-iyul kuni Masqat shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon «Alsiyabi International Group LLC» kompaniyasi raisi Salim Ali Siyabi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida infratuzilma, qurilish va turizm, tibbiy muassasalar barpo etish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi.

Xorij tomonining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishi, zamonaviy muhandislik va qurilish yechimlarini joriy etish, turistik infratuzilmani rivojlantirish hamda development sohasida o‘zaro manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.



  ...