
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchixonasi “Oman Air” aviakompaniyasining O‘zbekistonga yo‘l olgan ilk reysini kuzatish marosimida ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘ldi.
Ushbu tarixiy reysda O‘monning yetakchi sayyohlik kompaniyalari vakillari hamda taniqli inflyuyenserlardan iborat nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi. Ularning tashrifi O‘zbekistonning boy turizm salohiyatini keng targ‘ib etish, ikki do‘stona xalq o‘rtasidagi yaqin aloqalarni mustahkamlash hamda turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shadi.
O‘mon va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi ikki tomonlama munosabatlarda muhim bosqich bo‘lib, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, turizmni rivojlantirish hamda madaniy almashinuvlarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ushbu tarixiy tashabbusni amalga oshirishda o‘zining qimmatli hissasini qo‘shgan barcha hamkorlarga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz hamda mehmonlarimizga O‘zbekistonda yoqimli, sermazmun va unutilmas sayohat tilaymiz.