Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi TIV Markaziy Osiyo departamenti direktorining o‘rinbosari janob Solih Hilol ar-Ravohiyning kasbiy faoliyatining yangi bosqichi boshlanayotgani munosabati bilan uning qimmatli ko‘magi, samarali hamkorligi hamda birgalikdagi faoliyat davomida umumiy maqsadlarga sodiqligi uchun samimiy minnatdorlik va chuqur tashakkur izhor etdi.

Abdusalom Xatamov uchun janob Solih Hilol ar-Ravohiy bilan hamkorlik qilish katta sharaf va mamnuniyat bo‘ldi. Uning yuksak kasbiy mahorati, mas’uliyatli yondashuvi va konstruktiv pozitsiyasi Elchixona faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va do‘stona aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi o‘zaro sa’y-harakatlarga salmoqli hissa qo‘shdi.

Abdusalom Xatamov uning qo‘llab-quvvatlashi, e’tibori hamda hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuksak qadrlashini ta’kidladi. Janob Solih Hilol ar-Ravohiyga yangi faoliyat bosqichida katta muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tiladi.

Abdusalom Xatamov mamlakatlar o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va hamkorlik rishtalari bundan buyon ham izchil rivojlanib, yanada mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi. 

  ...