
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev homiyligida 2026 yil 7–11 iyul kunlari o‘tkazilayotgan «Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li» mavzusidagi Birinchi xalqaro forumda O‘mon Davlat kengashi a’zosi (senator), muhtaram doktor Muhammad Said Amur al-Hajriy janoblarining ishtirok etayotganlari alohida mamnuniyat va yuksak ehtirom bilan qayd etildi.
Islom ta’limi, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilot (ICESCO) hamda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan O‘zbekistonning yetakchi diniy va ilmiy muassasalari hamkorligida tashkil etilgan mazkur forumda 40 dan ortiq mamlakatdan 300 nafardan ziyod nufuzli ishtirokchi va ma’ruzachilar, jumladan davlat idoralari vakillari, diniy arboblar, olimlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbir muloqotni mustahkamlash, ilmiy almashinuvni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, islom sivilizatsiyasining boy ma’naviy, ilmiy va madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, tinchlik, bag‘rikenglik, ma’rifat hamda sivilizatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv qadriyatlarini ilgari surishga xizmat qiluvchi muhim xalqaro maydon sifatida e’tirof etilmoqda.