
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov Qatar Davlatining O‘mon Sultonligidagi Elchixonasiga tashrif buyurdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi nomidan Qatar Davlatining sobiq Amiri, Janobi Oliylari Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etdi.
Tashrif davomida Abdusalom Xatamov hamdardlik kitobida yozuv qoldirib, Qatar rahbariyati va xalqiga samimiy hamdardlik bildirdi hamda ushbu og‘ir motam kunlarida O‘zbekiston xalqining fikr va duolari marhum Amirning oila a’zolari hamda Qatar xalqi bilan ekanligini ta’kidladi.