2024 yilda o‘zaro savdo hajmi $2,9 mln.ga teng bo‘ldi
(eksport - $400 ming, import esa $2,5 mln).
2025 yil yanvar-aprel oylarida o‘zaro savdo hajmi $2,9 mln.ga teng bo‘ldi
(eksport - $127,60 ming, import esa $320,01 ming).
2022 yil 18 yanvarda Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 4-yig‘ilishi onlayn shaklda o‘tkazildi.
Hozirda O‘zbekistonda O‘mon kapitali ishtirokida tashkil etilgan to‘rtta korxona faoliyat yuritmoqda:
- «O‘zbek-O‘mon investitsion kompaniyasi» MCHJ;
- «Oman-China Investment Company» MCHJ;
- «Atakamul Al Dhahabiya Oil & Gas» MCHJ;
- «Green Oasis AG» MCHJ;
«O‘zbek - O‘mon investitsion kompaniyasi» MCHJ tomonidan iqtisodning turli sektorlarida umumiy miqdori $231 mln.dan iborat 11 investitsion
loyiha moliyalashtirilgan.
2024 yil mart oyida O‘monning “Atyab International Servises” kompaniyasi tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan sinov
inspeksiyasi va sertifikatlash markazi “Agro Food Techno Center” ochildi.
2024 yil 2-3 may kunlari bo‘lib o‘tgan Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida mamlakat savdo, sanoat va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash
vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf ishtirok etdi. U forum doirasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilindi.
2024 yil 25-26 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boshqaruv Kengashining yillik yig‘ilishida
O‘mon Investitsiya agentligi raisi Abdusalom bin Muhammad al-Murshidiy ishtirok etdi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan qabul
qilindi.
2025 yil 25-28 fevral kunlari tarixda birinchi marta 30 nafar O‘zbekistonlik tadbirkor ayollarning Masqat shahrida bo‘lib o‘tgan Biznes-forumda
ishtirok etdilar.